NBS milliy so`roviga ko`ra, AQSh prezidenti Jo Baydenning siyosatini ma`qullash reytingi 2021 yilda prezidentlikka kelganidan beri rekord darajaga tushib ketdi – 40%.
Respondentlarning 57 foizi, Baydenning harakatlarini ma`qullamaydi. Saylovchilarning atigi 33 foizi prezidentning tashqi siyosatga yondashuvini ma`qullaydi.
Saylovchilarning atigi 38 foizi Baydenning iqtisodiy siyosatini qo`llab-quvvatlaydi.
Saylovchilarning atigi 34 foizi prezidentning Yaqin Sharqdagi urush borasidagi harakatlarini ma`qullagan, 56 foizi esa qarshi chiqqan. NBS ta`kidlashicha, shu fonda 18 yoshdan 34 yoshgacha bo`lgan yoshlarni qo`llab-quvvatlash keskin kamaydi - sentyabrdagi 41 foizdan 31 foizgacha.
Avvalroq The New York Times/Siena kolleji so`roviga ko`ra, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 4-11 foizlik farq bilan oltita muhim shtatning beshtasida Baydendan oldinda ekanligi xabar qilingan edi.