1

S vitaminining koni qaerda?

Salomatlik 02.11.2016, 15:46
S vitaminining koni qaerda?

Organizmimizda har bir modda va vitaminning o`r o`rni bor. Xuddi shunday muhim vitaminlardan biri S vitaminidir. Quyida S vitaminiga boy mahsulotlar haqida ma`lumot beramiz. 

1100mg./100 gr. 
Quritilgan na`matak
Qishning yakuni va bahor avvalida S vitaminiga muhtoj organizmingiz uchun juda zarur. Chunki ayni shu paytda meva tanqisligi kuzatiladi. Har kuni ertalab na`matak damlamasini ichish kerak. 

250 mg./100 gr.
Qorag`at, chakanda mevasi (oblepixa)
Mevalarga ishlov berilganda (murabbo, sharbat), ularning tarkibida S vitamini kamayadi. Shuning uchun meva holatida iste`mol qiling. 

160 mg./100 gr. 
Olma
Eng yaxshi tanlov! Olmani po`stidan tozalab eng.  Muzlatkich yoki omborda saqlaganda ochiq holda qoldirmang. 

150 mg./100 gr. 
Petrushka
Taomni dasturxonga tortishdan avval uni muzlatkichdan olib, to`g`rang. Uzoq vaqt ochiq joyda qolsa, tarkibida askorbin kislotasi havoga uchib-ketadi.

100 mg./100gr. 
Shivit
Barra shivit eng foydali hisoblanadi. Qani, bog`ingizdan uzib ishlatsangiz. Ko`katni taom tayyor bo`lgach qo`shing. 

70 mg./100 gr. 
Gulkaram
Agar suvda emas, bug`da pishirsangiz, gulkaram tarkibida ko`proq S vitamini saqlanib qoladi. 

60 mg. /100 gr.
Apelsin
Ayniqsa, apelsinning yangi sharbati organizmingizni ushbu vitamin bilan ta`minlaydi. Faqat ko`p miqdorda ichmang, allergiya chaqirishi hech gapmas. 

Fakt
Limon  — 40 mg., malina — 25 mg. , klyukva — 15 mg.dan ortiq askorbin kislotasi mavjud. Piyoz, bodring, sarimsoqpiyoz, banan, shaftoli va olxo`ri tarkibida esa 10 mg.ni tashkil etarkan. 

Unutmang!
Barcha mahsulotlarni muzlatkichda saqlang. 3 kundan so`ng ular tarkibidagi 30 % vitamindan «ayrilsa», muzlatkichda saqlanmaganlari 50 %ini yo`qotarkan.

Me`yor
Katta yoshdagilar kuniga 60 mg., homilador va emizikli ayollarlar 70 mg. qabul qilishlari mumkin. Stress, kasalliklar bezovta qilganda va tamaki tutunidan nafas olganda ushbu vitaminga ehtiyoj kuchayadi. 
Katta yoshdagilar, homilador va emizikli ayollar kuniga S vitaminiga boy mahsulotlarni qancha iste`mol qilishlari kerak?

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1