AsosiyJamiyat

O`zbekistonda harorat keskin pasayadi - “O`zgidromet”

'O`zbekistonda harorat keskin pasayadi - “O`zgidromet”'ning rasmi

“O`zgidromet” yangi hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston hududi bo`ylab havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunning o`rtasiga kelib havo 20-23 darajagacha iliq bo`ladi.

Ertaga yanada iliqroq bo`lishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati 24-27 daraja iliqqacha ko`tariladi va respublikaning aksariyat qismida yog`ingarchilik kuzatilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi.

22 noyabr chorshanba kuniga kelib, shimoliy-g`arbiy hududlardan kirib kelayotgan nam havo massasi butun O`zbekiston hududi bo`ylab tarqaladi. Respublika hududining katta qismida yomg`ir yog`adi, tog` oldi hududlarida ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`adi.

23 noyabr kuni faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir yog`adi, qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. 24 noyabrda respublikaning barcha hududi bo`ylab havo quruq bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik bo`ladi, 22-23 noyabr kunlari vaqti-vaqti bilan kuchli yog`adi.

20-22 noyabr kunlari ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, 21-23 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Havo harorati 22-24 noyabrda 13-18° gacha, ba`zi joylarda 10-12° gacha pasayadi. 23-24-noyabr kunlari kechasi harorat 3-6° iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3° sovuqqacha bo`lishi mumkin.

Poytaxtda: bugun va ertaga yog`ingarchilik kutilmaydi. 22 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. 23-24 noyabrda yana yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 22-noyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat bugun kunduzi 20-22°, ertaga 24-26° iliq bo`ladi. 22-24 noyabrda havo harorati 13-18° iliqgacha, 23-noyabrda 11-13° iliqgacha pasayadi. 21-22 noyabrda harorat kechasi 10-15°, 23-24 noyabrda 3-8° iliqqacha pasayadi.

    Boshqa yangiliklar