O`zbekistonning yangi tayinlangan bosh konsuli Zafarbek Ahmedov bugun Qirg`izistonning O`sh shahriga etib bordi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
U shu paytga qadar Konsullik-huquqiy departamenti bo`lim boshlig`i lavozimida ishlab kelgan. Diplomat 54 yoshda. Xorazm pedagogika institutini (1992 yildan boshlab Urganch davlat universiteti) tamomlagan.
O`tgan yillar davomida maktabda o`qituvchi, O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, TIV tizimida, jumladan, Pokistondagi elchixonada turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi raisining maslahatchisi bo`lib ishlagan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonning O`sh shahridagi Bosh konsulligi 2022 yilda ochildi. Konsullik okrugiga Qirg`izistonning Botken, Jalolobod va O`sh viloyatlari kiradi.






