Indoneziyaning "Batik Air" aviakompaniyasining birinchi parvozi 2023 yil 15 dekabrga rejalashtirilmoqda. Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yo`nalishi bo`yicha muntazam parvozlar "Airbus A330" samolyotlarida haftada bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.
Aviakompaniya vakillari "Uzbekistan Airports" rahbariyati bilan uchrashuv davomida mintaqada yo`nalishlar tarmog`ini rivojlantirish va parvozlar sonini ko`paytirish niyatini bildirgan. O`z navbatida, boshqaruv kompaniyasi aviatashuvchini qo`llab-quvvatlashda davom etishga tayyorligini ma`lum qilgan.
"Batik Air" — bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi bo`lib, Indoneziya ichida muntazam yo`lovchi reyslarini amalga oshiradi hamda "Lion Air" (loukoster) arzon aviakompaniyasining sho`ba korxonasi hisoblanadi.






