Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolning uch nafar yosh bolalarga benzin sepib yoqib yuborish bilan tahdid qilayotgan ayolning videosi tarqaldi.
Bolalar ombudsmanining dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, mazkur holat Xorazm viloyati, Urgench tumanida bo`lgan. Hozirda bu holatni to`la aniqlash bo`yicha ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan surishtiruv ishlari olib borishga kirishilgan va Bolalar ombudsmanining alohida nazoratiga olingan.
"Bolalarga nisbatan bunday jinoiy harakatlar ularning ota-onasi yoki boshqa yaqin qarindoshlari tomonidan sodir etilishidan qat`iy nazar, aybdor shaxslarni qonunda ko`zda tutilgan javobgarlikka tortish choralari ko`rilishi ta`minlanadi. Bolaning hayoti va sog`lig`i davlat himoyasidadir!
Holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi", - deyiladi munosabatda.