AsosiyJamiyat

21-23 noyabr kunlari O`zbekistonda qor va kuchli yomg`ir yog`ishi kutilyapti

'21-23 noyabr kunlari O`zbekistonda qor va kuchli yomg`ir yog`ishi kutilyapti'ning rasmi

Joriy yilning 21-23 noyabr kunlari O`zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda  "O`zgidromet" xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullaevga xabar berdi.

22 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, 23 noyabrda Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi.

22-23 noyabrda respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.

Respublika bo`ylab 21-22 noyabrda ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi.

Havo harorati kunduz kunlari +10...+15 darajagacha, kechalari +3...+6 darajagacha pasayadi, shimolda -1...-3 darajagacha bo`lishi mumkin.

22-23 noyabrda respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar