Poytaxtning Yashnobod tumanida ayrim hududlarda "svet" o`chdi.
Energetika vazirligi ma`lumotiga ko`ra, bugun soat 14:29 da Toshkent shahridagi 35 kVli "L-Salarskiy-6" kabel tarmog`ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Yashnobod tumanidagi 1350 ta iste`molchining elektr ta`minotida uzilish kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta`mirlash ishlari qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste`molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi vazirlik xabarida.






