AsosiyJamiyat

O`zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Italiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

'O`zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Italiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi'ning rasmi

O`zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Abat Fayzullaev Italiya Prezidenti Serjo Mattarellaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Tantanali marosim Italiya Prezidentining Rim shahridagi rasmiy qarorgohi –"Kvirinale" saroyida bo`lib o`tdi.

Bo`lib o`tgan suhbat davomida Serjo Mattarella joriy yilning 9-11 noyabr kunlari O`zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifini yodga oldi va tashrif unda unutilmas taassurotlar qoldirganini qayd etdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o`rtasida strategik muloqotni ilgari surishning yuksak ahamiyati tasdiqlandi, O`zbekiston va Italiyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligi istiqbollaridan samarali foydalanishdan ikki tomon ham manfaatdorligi ta`kidlandi. 

Suhbat yakunida Italiya Prezidenti O`zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi hamda u ziyorat qilgan Samarqand va Xiva shaharlaridagi qadimiy obidalar jozibasini alohida qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar