Avvalroq, tez tibbiy yordam xizmati xodimining chaqiruv manzilida bemorga uyatsiz xatti-harakatlar qilgani haqida xabar bergan edik.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu xabar yuzasidan SSV rasmiy munosabat bildirdi.
Munosabatda ayni paytda mazkur holat bo`yicha vazirlik ishchi guruhi tomonidan o`rganish olib borilayotgani, o`rganish natijalari yuzasidan batafsil xabar berilishi aytilgan.
Vaziyatga aniqlik kiritilmaguncha jamoatchilik vakillaridan masalani turlicha talqin qilmasliklarini so`raymiz, deyiladi xabarda.