AsosiyJamiyat

2024 yildan boshlab ayrim soha vakillarining oylik maoshlari oshiriladi

'2024 yildan boshlab ayrim soha vakillarining oylik maoshlari oshiriladi'ning rasmi

Prezident Farmoni (PF-197-son, 20.11.2023 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Unga ko`ra, “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo`llab-quvvatlash hamda rag`batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF–136-son Farmonining 1-bandida nazarda tutilgan quyidagilar 2024 yil 1 yanvardan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmasevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega bo`lgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi:

– oylik lavozim maoshlari:
– oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo`lgan tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun — 15 foizga;
– ikkinchi malaka toifasiga ega bo`lgan va toifaga ega bo`lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmasevtika xodimlari uchun — 10 foizga;
– tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi.

Shuningdek, “Avtomobil yo`llarida inson xavfsizligini ishonchli ta`minlash va o`lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ–190-son qaroriga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, yo`llar bo`yida joylashgan maktablar oldida, kamida to`rt tasmali yo`llardagi piyodalar o`tish joylarida hamda yo`l-transport hodisalar o`choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni o`tkazmaslik va fuqarolarning yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o`rnatiladi.

    Boshqa yangiliklar