AsosiyJamiyat

22-24 noyabr kunlari Toshkentda xalqaro qadoqlash ko`rgazmasi o`tkaziladi

'22-24 noyabr kunlari Toshkentda xalqaro qadoqlash ko`rgazmasi o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yilning 22-24 noyabr kunlari O`zexpomarkazda "InterPackExpo-2023" 6-xalqaro qadoqlash ko`rgazmasi bo`lib o`tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Aytilishicha, “InterPackExpo” ko`rgazmasida ishtirok etish qadoqlash uskunalari va yorliqlarni bosib chiqarish, etiketkalash, markalash va shtrix kodlash texnologiyalarini sotish geografiyasini kengaytirishga hissa qo`shadi.

Qisqa vaqt ichida ko`plab biznes egalariga o`z mahsulotlarini xaridorlarga munosib namoyish qilish imkonini beradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash, sabzavot va mevalarni qadoqlash mashinalari va bosib chiqarish uskunalari, xizmat ko`rsatish uskunalari, butlovchi qismlar va avtomatlashtirish uskunalari, yordamchi qadoqlash materiallari va yakuniy qadoqlash liniyalarini sotib olishga qiziqqan yangi mijozlarni ko`rgazma O`zexpomarkazning 2-pavilyonida kutib qoladi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar