2023 yil 20 noyabr kuni Qonunchilik palatasidagi Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig`ilishida “Ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o`qishda ko`rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yo`q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun ma`muriy javobgarlik belgilanmoqda, shuningdek daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik yoki shikastlantirganlik uchun ma`muriy jazo choralari kuchaytirilib, bir-birini takrorlovchi normalar chiqarib tashlanmoqda.
Bundan tashqari, davlat o`rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo`q qilgan shaxslarning qonunga xilof ravishda kesilgan daraxt va buta o`rniga kompensasiyaviy daraxt va buta ko`chatlarini aynan daraxt va buta kesilgan joyga ekish hamda ularni uch yil davomida parvarish qilish majburiyati belgilanmoqda, shuningdek daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesganlik yoki yo`q qilganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo`llanilishi nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi fraksiya a`zolari tomonidan ma`qullandi.