AsosiyDunyo

G`azoda sektoridagi uyini tashlab ketgan falastinliklar soni 1,7 millionga etdi — BMT

'G`azoda sektoridagi uyini tashlab ketgan falastinliklar soni 1,7 millionga etdi — BMT'ning rasmi

G`azo sektoridagi uyini tashlab ketgan falastinliklar soni 1,7 million kishiga etdi. Bu haqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi. 

“G`azoda 1,7 milliondan ortiq odam boshqa joyga ko`chirilgan, shu jumladan, 900 mingga yaqin kishi BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam berish ishlari agentligi tomonida tashkil qilingan 154 ta boshpanada istiqomat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Aytilishicha, hozirda mazkur boshpanalarda ularning sig`imidan ko`proq odam yashamoqda. Keluvchilarning davom etayotgani boshpanalar muammosini yanada kuchaytirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar