AsosiyJamiyat

Marg`ilonda "bog`cha" tarbiyachisi bolalarni kaltakladi (video)

'Marg`ilonda "bog`cha" tarbiyachisi bolalarni  kaltakladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati Marg`ilon shahridagi 37-sonli maktabgacha ta`lim tashkilotida xodim yosh bolalarni kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur voqea bo`yicha muassasa rahbariyati tomonidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilingan. 

Shu yilning 3 avgust kuni Marg`ilon shahar IIB tomonidan ta`lim tashkiloti tarbiyachilari – X.T. va M.R.ga nisbatan to`plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo`yicha Marg`ilon shahar sudiga yuborilgani ma`lum bo`lgan.

Sud fuqaro X.T.ga nisbatan qo`llanilgan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismiga oid qismini mazkur kodeksning 271-moddasi 1-qismiga asosan tugatgan. 

“Huquqbuzar M.R. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan jarima jazosi tayinlanganini bildiramiz”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar