Statistika agentligi 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida O`zbekistonga kelgan chet fuqarolarining safar maqsadlari bo`yicha sonini ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, hisobot davrida O`zbekistonga jami 5 mln 545,3 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Ularning safar maqsadlari quyidagicha:
- qarindoshlarni yo`qlash — 4 mln 652,6 ming kishi;
- bo`sh vaqt va dam olish — 659,9 ming kishi;
- xizmat yuzasidan — 115,9 ming kishi;
- davolanish — 50,3 ming kishi;
- tijorat — 51,9 ming kishi;
- o`qish maqsadida — 14,7 ming kishi.