Sharof Uralov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probasiya xizmati boshlig`i etib tayinlandi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati ma`lum qildi.
Sh.Uralov bunga qadar Departamentning Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig`i o`rinbosari – Voyaga etmaganlar va yoshlar bilan ishlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.