AsosiyJamiyat

Qandolatchilik korxonalariga eksport bilan bog`liq savdo operasiyalarini moliyalashtirish uchun mablag` ajratiladi

'Qandolatchilik korxonalariga eksport bilan bog`liq savdo operasiyalarini moliyalashtirish uchun mablag` ajratiladi'ning rasmi

“Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni  qabul qilindi. Farmonga ko`ra, qandolatchilik korxonalariga  eksportoldi va eksport bilan bog`liq savdo operasiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:

- eksport hajmi 500 ming AQSh dollarigacha bo`lganda – 1 million AQSh dollarigacha;

- eksport hajmi 500 ming AQSh dollaridan 4 million AQSh dollarigacha bo`lganda – 2 million AQSh dollarigacha;

- eksport hajmi 4 million AQSh dollaridan ortiq bo`lganda –  3 million AQSh dollarigacha;

 2025 yil 1 yanvargacha:

- keng turdagi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi; 

- ip-kalava ishlab chiqaruvchilarga paxta va sun`iy tolani o`z ehtiyoji uchun import qilishda (qo`shni davlatlardan tashqari) transport xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

 Shuningdek, farmon bilan ayrim normativ huquqiy hujjarlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi:

- 2024 yil 31 dekabrgacha ip-kalavani eksport qilishda undiriladigan yig`imning amaldagi miqdori 5 baravarga kamaytiriladi;

- 2024 yil 31 dekabrgacha bo`yalgan mato va bo`yalgan gazlamani realizasiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga 

- ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo`yicha to`lash hamda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i to`lovini kechiktirish huquqi beriladi;

- 2026 yil 1 oktyabrgacha to`qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari faoliyati uchun zarur bo`lgan ayrim tovarlarni import qilishda bojxona bojidan ozod qilinadi;

- sanoat zonalarida er maydonlari hamda bino va inshootlarni ijaraga berishda to`lovlarni bo`lib-bo`lib to`lash davri amaldagi 12 oydan 24 oygacha uzaytiriladi.

    Boshqa yangiliklar