AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi Prezidenti bilan telefonda gaplashdi

'Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi Prezidenti bilan telefonda gaplashdi'ning rasmi

21 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

O`zbekiston bilan Janubiy Koreya o`rtasidagi do`stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Ikki mamlakat etakchilarining joriy yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi yig`ilishi doirasida o`tgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

Turli hamkorlik formatlarida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Etakchi kompaniyalarning kooperasiya loyihalarini jadallashtirish hamda Janubiy Koreyaning bank-moliya institutlari bilan yangi sheriklik dasturini shakllantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Qo`shma Hukumatlararo qo`mita yig`ilishini joriy yil oxirigacha o`tkazishga kelishib olindi.

O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari bo`lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham ko`rib chiqdilar.

    Boshqa yangiliklar