Bugun, 21 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 2024 yil uchun Davlat byudjetida Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg`armasiga qo`shimcha mablag` ajratish masalasi muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, 2024 yil uchun Davlat byudjetida yoshlarga kutubxonadan kechki vaqtda foydalanish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O`zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg`armasi xarajatlari uchun qo`shimcha mablag` ajratish ko`zda tutilmoqda.






