Prezident boshchiligidagi yig`ilish davom etmoqda. Yig`ilishda qishloq xo`jaligida:
- 286 ming gektar erga bo`lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar to`liq emasligi;
- 159 ming gektar erning hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qilishi;
- avvalgi davrlarda doimiy foydalanish uchun ajratilgan 460 ming gektar erning huquqiy maqomi aniq emasligi qayd etildi.
Oqibatda jami 900 ming gektardan ziyod qishloq xo`jaligi erlari kadastr ro`yxatidan o`tmasdan turibdi. Kadastri yo`qligi sababli takroriy ekinlar uchun bu erlarni rasman ikkilamchi ijaraga berish imkoni bo`lmayapti.
Bularni oqibatida kamida 300 ming ish o`rni, takroriy ekindan olinayotgan mahsulot hamda norasmiy ijaraning hisobi yuritilmayapti.
O`tgan hafta Surxondaryoga tashrifda “plyonka ostida parnik” tashkil qilib, eksportbop sabzavot ekinlarini ekish imkoniyatlari ko`rsatib o`tilgan edi.
Hududlarda bunday usulda ekin ekishni istaganlar juda ko`p. Lekin ular uchun er olish murakkab.
Shu bois, kelgusi yildan ekin eri yuqori unumli urug`, ko`chat, agro-texnologiya, eksport ko`nikmalariga ega bo`lganlarga auksion orqali ijara huquqi bilan sotiladi.
Mutasaddilarga 2024 yil 1 fevralga qadar kamida 15 ming gektar erni lotlarga bo`lib, eksportbop sabzavot etishtirish uchun o`rtacha 1 gektardan auksionga chiqarish, auksiondan er olgan aholiga urug`, o`g`it, plyonka va aylanma mablag` uchun kredit ajratish, hosildor eksportbop ekinlar urug`ini kafolatli etkazib berish bo`yicha topshiriqlar berildi.
21.11.2023 18:19
Kelgusi yildan ekin eri ma`lum bir toifaga auksion orqali ijara huquqi bilan sotiladi. Bular...






