"O`zgidromet" 22 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi. Unga ko`ra:
TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yog`ingarchilik kutilmaydi, kunduzi yomg`ir yog`adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14° iliq, kunduzi 16-18° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 22-25 m/s gacha etishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.
SURXONDARYo VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 21-23 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tuman tushadi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.






