AsosiyJamiyat

Toshkentdagi 3 ta avtobusning yo`nalishi o`zgardi, 1 ta avtobus yo`nalishi butunlay to`xtatildi

'Toshkentdagi 3 ta avtobusning yo`nalishi o`zgardi, 1 ta avtobus yo`nalishi butunlay to`xtatildi'ning rasmi

Yo`nalishlar tarmog`ini maqbullashtirish, yo`lovchilarga ko`rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, ertaga, 22-noyabrdan boshlab Toshkentdagi 4ta yo`nalishdagi avtobuslarning harakati o`zgartirilmoqda. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabar bermoqda

Unga ko`ra. “12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 74-sonli “Nayman mahallasi – Chilonzor metrosi”  avtobus yo`nalishining harakati Nayman mahallasi bekatidan Ferma bekatigacha uzaytirilmoqda. 

Yo`nalishning Chilonzor metrosi tomon harakati Bunyodkor ko`chasi orqali (Gavhar ko`chasi orqali Olmazor metrosi bekatiga kirmagan holda) o`zgartirilgan.

Shuningdek, “7-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 141-sonli “Karvon bozori – Paxtakor metrosi” avtobus yo`nalishining harakati KHAYdan Bog`iston, Muqimiy, Samarqand darvoza, Qoratosh ko`chalari orqali keying harakati o`z yo`nalishi bo`ylab o`zgartirildi.

Undan tashqari, “4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 161-sonli “Erkin mahallasi – Olmazor metrosi” avtobus yo`nalishining harakati Erkin mahallasidan Quyoshli qo`rg`onigacha uzaytirildi.

2023 yil 23 noyabr kunidan boshlab, “4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 158-sonli “Quyoshli qo`rg`oni – Do`mbirabod mavzesi” avtobus yo`nalishining harakati to`xtatildi.

    Boshqa yangiliklar