AsosiyJamiyat

Viloyat hokimlari ogohlantirildi. Kadastr agentligiga jiddiy topshiriq, Bosh prokuratura zimmasiga muhim vazifa yuklatildi

'Viloyat hokimlari ogohlantirildi. Kadastr agentligiga jiddiy topshiriq, Bosh prokuratura zimmasiga muhim vazifa yuklatildi'ning rasmi

Prezident boshchiligidagi yig`ilish davom etmoqda.

Qanchalik qiyin bo`lmasin, oxirgi besh yilda qishloq xo`jaligidan 42,5 ming gektarni qisqartirib, aholi punktlari va sanoat erlari toifasiga o`tkazib berdik.

Afsuski, katta-katta va`dalarni bergan ayrim viloyat, tuman va shahar hokimlari bu erlardan samarali foydalana olmayapti”, - dedi Prezidentimiz.

Xususan, 100 ta tumanda toifasi o`zgargan 17,5 ming gektar er na tadbirkorga berilgan, na auksionga chiqarilgan. Bu erlar olinganidan buyon zaxirada yotgani tanqid qilindi.

Viloyat hokimlari yil yakuniga qadar bu erlar auksionga chiqarilmasa, qishloq xo`jaligi toifasiga qaytarilishi haqida ogohlantirildi.

Shuningdek, toifasi o`zgarib, tadbirkorlarga ajratilgan 19 ming 300 gektar erdan 5 ming 400 gektari bo`sh turibdi. Sanoat zonalarida ham loyiha joylashtirilmagan erlar bor. Aksincha, tayyor infratuzilmasi bo`lgan sanoat erlaridan boshqa maqsadda foydalanish ko`p uchramoqda.

Toifasi o`zgargan erlar evaziga shu yilning oxirigacha 15 ming gektar yangi erlar o`zlashtirilishi kerak edi. Biroq, 8 ming gektar erlar haligacha o`zlashtirilmagan.

Yil yakunigacha yangi erlarni o`zlashtirish va`dasini bajarmagan hokimlar jarimaga tortilishi, ularning er toifasini o`zgartirish bo`yicha takliflari umuman qabul qilinmasligi ko`rsatib o`tildi.

Kadastr agentligiga 2024 yil 1 martga qadar barcha sanoat erlarini to`liq xatlovdan o`tkazish, viloyat hokimlariga esa 2021 yilgacha ajratilib, qurilish boshlanmagan 7 ming gektar erni zaxiraga qaytarish topshirildi.

Bosh prokuraturaga bu borada qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta`minlash vazifasi qo`yildi.

Bundan buyon viloyat kadastr boshlig`ini ishga qo`yish va ishdan olish Bosh vazir tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. 

    Boshqa yangiliklar