"Milliy gvardiya to`g`risida"gi qonunga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi.
Unga ko`ra, 30-moddaning ikkinchi qismi "a" kichik bandidagi va beshinchi qismidagi "rezina" so`zi “rezina va maxsus” so`zlari bilan almashtirildi. Shunga ko`ra, endilikda Milliy gvardiya xodimlari nafaqat rezina tayoqlardan, balki maxsus tayoqlardan ham foydalanishi mumkin.
Hujjatda qayd etilishicha, hozirgi kunda, AQSh, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Belarus davlatlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari va maxsus bo`linmalari tomonidan jamoat tartibini saqlash, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish va huquqbuzarlarni qo`lga olish jarayonida rezina tayoqlar bilan birgalikda, teleskopik va plastik tayoqlardan keng foydalanib kelinmoqda.
Shuningdek, teleskopik tayoqlarni shaxsiy tarkib xizmati mobaynida yig`ilgan holatda olib yurish imkoniyatiga ega bo`lib, metalldan tayyorlangani sababli, faol qarshilik ko`rsatgan tartibbuzarlarni "bo`ysundirish", “kuzatib olib ketish”, sovuq qurolli hujumni bartaraf etish, xizmat otlarida turib foydalanish uchun qulay hisoblanadi hamda undan, zarurat bo`lganda “transport vositalarining oynasini sindirishda” ham foydalanish mumkin.
Ma`lumot o`rnida, ushbu qonun loyihasi 20 noyabrda portalga muhokama uchun joylashtirilgan bo`lib, 5 dekabrgacha davom etadi






