Xitoy raisi o`rinbosari Xan Chjen O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda TIV rahbari o`zining telegram kanaliga yozib qoldirdi.
“Rahbarlarimiz o`rtasida yaqin do`stlik va ikki tomonlama munosabatlari barcha sohalarda yuqori sur`atlarda rivojlanayotganini yana bir bor ta`kidladik. O`zbekiston va Xitoy buyuk tarixiy meros va barqaror rivojlanishga qaratilgan mushtarak maqsadlarga ega”, — deydi Saidov.
Unga ko`ra, so`nggi yillarda boshqa sohalar qatorida savdo aloqalari va investisiyaviy hamkorlik misli ko`rilmagan, ko`proq ish o`rinlari va texnologik jihatdan rivojlangan iqtisodiyot yaratishga yo`naltirilgan darajaga ko`tarilgan. “Erishilgan yutuqlar talaygina, yanada ko`prog`i esa hali oldinda”, — deya ta`kidlaydi O`zbekiston TIV rahbari.






