AsosiyJamiyat

Namanganda qiymati yarim mlrd so`mdan ortiq "svet"dan o`g`rincha foydalanganlar qo`lga tushdi

'Namanganda qiymati yarim mlrd so`mdan ortiq "svet"dan o`g`rincha foydalanganlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Namanganda yarim mlrd so`mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqladi. Bu haqda DXX matbuot xizmati darakchi.uz'ga ma`lum qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Namangan shahridagi tikuvchilik faoliyatiga ixtisoslashgan mas`uliyati cheklangan jamiyatga qarashli xonadonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. 

Unda MChJ mas`ullari tomonidan elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa yashirin ravishda ulangan holda foydalanib kelinishi natijasida 422 mln 897 ming so`mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

Shuningdek, Namangan shahrida kuzatilgan boshqa holatda esa savdo va umumiy ovqatlanish binosida qonunga xilof ravishda 113 mln 741 ming so`mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar