Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi "Yilning eng namunali mahalla yoshlar etakchisi" tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 608-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Tanlovni tashkil etish to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Unga asosan, tanlov har yili 10 ta yo`nalish bo`yicha o`tkaziladi. Tanlovda amaliy ish tajribasiga ega va mahalladagi yoshlar etakchisi lavozimida kamida bitta mahallada olti oy davomida faoliyat yuritayotgan yoshlar etakchilari ishtirok etishlari mumkin.
Har yili 5 sentyabrga kadar Yoshlar ishlari agentligining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanlov o`tkazilishi to`g`risida e`lon beriladi.
Ro`yxatdan o`tish har yili 5 sentyabrda boshlanib, 30 sentyabr kuni yakunlanadi.
Tanlovning bosqichlari quyidagi tarzda o`tkaziladi:
- tuman (shahar) saralash bosqichi – oktyabr oyida;
- hududiy saralash bosqichi – noyabr oyida;
- respublika final bosqichi – dekabr oyining birinchi o`n kunligida.
Respublika final bosqichi g`oliblari quyidagi imtiyozlarga ega bo`ladilar:
- yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaxirasiga kiritish;
- rivojlangan xorijiy davlatlarning sohaga oid ta`lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.
Bundan tashqari, ular "Mahalla iftixori" ko`krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etiladi.
Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- tanlov Tashkiliy qo`mitasining tarkibi;
- tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha komissiyalarning namunaviy tarkiblari.
Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 21.11.2023 yildan kuchga kirdi.






