AsosiyJamiyat

Ispaniya Falastin mustaqilligini tan olishga tayyor — El Confidencial

'Ispaniya Falastin mustaqilligini tan olishga tayyor — El Confidencial'ning rasmi

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches 23 noyabr kuni Isroilga tashrifi chog`ida Iberiya qirolligi tez orada Falastin davlatini tan olishga tayyor bo`lishini e`lon qildi. Bu haqda El Confidencial gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.

Sanches Vazirlar Mahkamasi raisi etib qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari davomida 23 noyabr kuni belgiyalik hamkasbi Aleksandr De Kru bilan yahudiy davlati va Falastinga tashrif buyurdi. 

Siyosatchilar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, shuningdek, Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Ispaniya hozirda Evropa Ittifoqi kengashiga raislik qilmoqda va yanvar oyida uning o`rnini Belgiya egallaydi.

Nashrning yozishicha, Sanches Netanyaxuga, agar Falastin davlatini tashkil etish bilan bog`liq mojaroni hal qilish bo`yicha muzokaralar qayta boshlanmasa, qirollik hukumati Falastinni tan olishi haqida xabardor qildi. Biroq, Madrid Evropa Ittifoqi kengashiga Ispaniya raisligi davrida buni amalga oshirmoqchi emas.

    Boshqa yangiliklar