AsosiyDunyo

Qirg`izistonda harbiy xizmatchi otib o`ldirildi(video)

'Qirg`izistonda harbiy xizmatchi otib o`ldirildi(video)'ning rasmi

Jalolobod viloyatida harbiy xizmatchi o`z hamkasbini otib o`ldirdi, deb xabar berdi Sputnik Qirg`izistonga huquq-tartibot organlaridagi manbalar.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, favqulodda hodisa bugun taxminan soat 6:00 da Ichki ishlar vazirligi Ichki qo`shinlari harbiy qismida sodir bo`lgan.

"Gumonlanuvchi muddatli harbiy xizmatchi, voqea joyidan qochib ketgan. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, uning o`q-dorilari bo`lgan avtomati bor. Harbiy qism qo`riqlash kuchaytirilgan, gumonlanuvchi qidirilmoqda", — deyiladi xabarda.

Sog`liqni saqlash vazirligining Jalolobod viloyati bo`yicha koordinatori Karmanbek Baydavletovning ma`lum qilishicha, “103” telefon raqamiga bugun soat 6:09 da To`qto`g`ul GESlar kaskadi postidan qo`ng`iroq bo`lgan.

Hodisa joyiga etib kelgan tez tibbiy yordam brigadasi askarning o`lganini tasdiqladi. Askarning jasadi Qorako`l gospitali o`likxonasiga olib ketildi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, askar o`q jarohatidan vafot etgan. Hozir shifokorlar tekshiruv o`tkazmoqda.

    Boshqa yangiliklar