AsosiyJamiyat

Endi O`zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga ma`lumotnomalar berish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatiladi

'Endi O`zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga ma`lumotnomalar berish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatiladi'ning rasmi

Jismoniy va yuridik shaxslarga ma`lumotnomalar berish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatiladi

Hukumat qarori (612-son, 20.11.2023 y.) bilan “Jismoniy va yuridik shaxslarga ma`lumotnomalar berish bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatishning yagona ma`muriy reglamenti” qabul qilindi

Unga ko`ra, ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXP (my.gov.uz)da  ro`yxatdan o`tadi.

Arizalar YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat`i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Ariza beruvchidan tegishli ma`lumotnoma turi bo`yicha belgilangan ma`lumotlar va hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Arizani ko`rib chiqish uchun belgilangan miqdorlarda yig`im undiriladi.

 “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro`yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarga belgilangan yig`imning 50 foizi miqdorida chegirma qo`llaniladi.

Noto`g`ri ma`lumotlar ko`rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini ko`rsatish uchun yig`imni to`lamaslik davlat xizmatlarini ko`rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmatlarini ko`rsatishni boshqa asoslar bo`yicha rad etish taqiqlanadi.

Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan xizmat ko`rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so`rovnomasi ko`rilmasdan qoldiriladi. Bunda to`langan yig`im summasi qaytarilmaydi.

Tegishli so`rovnoma to`ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so`ng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa so`rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

Davlat xizmatlari markazi ma`lumotnoma kelib tushgandan so`ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikasiya tizimi orqali xabardor qiladi.  

Vakolatli organ tomonidan rasmiylashtirilgan ma`lumotnomada noto`g`ri ma`lumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi 15 kun ichida yig`im to`lamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega.

    Boshqa yangiliklar