AsosiyDunyo

Dunyo miqyosidagi eng yirik yurak shaklidagi brilliant yaratildi

Britaniyaning Graff Diamonds kompaniyasi yurak shaklida bo`lgan biror nuqsoni bo`lmagan eng katta brilliantni yaratdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Tosh ma`buda sharafiga Venera deb ataldi. Brilliant 118,78 karat bo`lib, uni qirralash uchun 18 oy vaqt sarflangan.

“Yurak shaklida yaratilgan brilliant men ko`rgan brilliantlar orasidagi eng go`zalidir. Ba`zan shunday toshlar yaratiladiki, uni sotishga ham ko`zing qiymaydi. Bu tosh aynan o`shalarning biridir”, dedi kompaniya asoschisi Lourens Graff taqdimot marosimida.

Lourens Graff brilliantni dunyo miqyosidagi ko`rgazmaga chiqarishni, keyin esa undan zargarlik taqinchoqlarida foydalanishni rejalashtirgan. Brilliant o`ta noyob bo`lgani bois, uning narxi juda yuqori bo`lishi bashorat qilinmoqda.

Boshqa yangiliklar