Avvalroq, mast holdagi ona gul do`koniga kirib gul so`ragan qizini kaltaklagani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi rasmis munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, holat Mirzo Ulug`bek tumani “Oqibat” mahallasi Markaz-1 dahasida joylashgan do`konda yuz bergan. Shu erda bo`lgan fuqarolar jarayonni videotasvirga olib tarqatishgan. Ona V.A. doimiy ro`yxatda Toshkent viloyatida turadi.
Mazkur holat Bolalar Ombudsmani tomonidan nazoratga olingan bo`lib, hozirda ona V.A.ning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Voyaga etmagan, 2015 yilda tug`ilgan V.Iga yordam ko`rsatish maqsadida, Toshkent shahar IIBB voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markaziga joylashtirilgan. Uning onasi 1993 yilda tug`ilgan fuqaro V.A esa Toshkent shahar ayollarni reabilitasiya va moslashtirish markaziga joylashtirilgan, deyiladi xabarda.
23.11.2023 18:04
Toshkentda mast holatda qizini kaltaklagan ayol reabilitasiya markaziga joylashtirildi






