AsosiyJamiyat

Samarqandda "Open byudjet"da 1 mlrd 200 mln so`m yutib olgan maktab devori qulab, o`quvchini bosib qoldi

'Samarqandda  "Open byudjet"da 1 mlrd 200 mln so`m yutib olgan maktab devori qulab, o`quvchini bosib qoldi'ning rasmi

Samarqand shahrida maktab devori qulab, o`quvchini bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Holat boshqarma mas`ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan o`rganildi. Qayd etilishicha, Samarqand shahridagi 5-umumta`lim maktabi  "Open byudjet"da g`olib bo`lib, 1 milliard 200 million so`m mablag` yutib olgan.

O`rganishlar davomida maktab hududida qurilish ishlarini boshlagan “Quruvchi” tomonidan xavfsizlik choralari ko`rilmagani aniqlandi va viloyat Qurilish boshqarmasiga holat yuzasidan xat chiqarildi.

Shuningdek, “Quruvchi”dan o`z vaqtida xavfsizlik choralarini ko`rishni talab qilmagani uchun maktab direktoriga salomatligi tiklash ta`tilidan ishga qaytgandan so`ng (ayni paytda salomatligini tiklash ta`tilida) qonun doirasida choralar ko`riladi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar