AsosiyJamiyat

O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi ozarbayjonlik jurnalistlarni taqdirladi

'O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi ozarbayjonlik jurnalistlarni taqdirladi'ning rasmi

O`zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2022 yil uchun e`lon qilingan O`zbekistonda Ozarbayjonga doir tanlov yakunlarini e`lon qildi.

Shu munosabat bilan 26 dekabr kuni Ozarbayjon Madaniyat Markazida Dunyo ozarbayjonlarining birdamligi kuni va Yangi yil bayramiga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi.

Marosimda Ozarbayjonning O`zbekistondagi elchixonasi, “O`zbekiston-Ozarbayjon” Do`stlik Jamiyati, O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi rahbariyati, jamoatchilik vakillari, O`zbekiston fan, madaniyat, adabiyot namoyandalari, jurnalistlar, mahalliy ozarbayjonliklar ishtirok etdi.

Tadbir davomida O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasining rasmiy vakili, taniqli jurnalist Akbar Mag`diev so`zga chiqib, Ozarbayjonda O`zbekiston mavzusini, do`stligini, hamkorligini keng targ`ib qilgan bir qator ozarbayjonlik jurnalistlar O`zbekiston davlatining maxsus mukofotlari bilan taqdirlanganini ta`kidladi.

Akbar Mag`dievning qayd etishicha, ushbu jurnalistlar Ozarbayjon elektron ommaviy axborot vositalaridagi monitoring orqali aniqlangan.

Shunday qilib, Ozarbayjonning “mədəniyyət.az” gazetasi muharriri Lola Azeri, “Yangi Musavat” media guruhining asoschisi va rahbari Rauf Orifo`g`li, Ozarbayjonning “Turkiston gazeti” Bosh muharriri Oqil Camol, ozarbayjonlik yozuvchi-turkolog-jurnalist Yunus O`g`uz, Matbuot kengashi a`zosi. Matbuot Kengashi Boshqaruvi a`zaosi Azer Hasrat, “Turkel” gazetasi Bosh muharriri Ramiz Mashadihasanli, Ozarbayjon Jurnalistlar Uyushmasi a`zosi, yozuvchi-publisist Akbar Qo`shali, Ozarbayjon Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist, “Adabiyot va san`at” portalining adabiyot bo`limi mudiri Intiqom Yashar Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarining mukofotlariga loyiq ko`rildi.

Tadbirda O`zbekiston Jurnalistlar Uyushmasining rasmiy vakili, taniqli jurnalist Akbar Mag`diev ushbu maxsus mukofotlarni ozarbayjonlik OAV xodimlariga etkazish maqsadida O`zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga topshirdi.

Yakunda Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov mukofot uchun O`zbekiston Jurnalistlar Uyushmasiga minnatdorchilik bildirib, bunday munosabat Ozarbayjon jurnalistlari uchun katta rag`bat, matbuotimizda qardosh O`zbekiston, do`stlik hamda hamkorlikka oid ko`plab materiallar yaratilishiga zamin bo`lib xizmat qilishini qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar