Ozarboyjon Armanistonga yangilangan 5-tinchlik shartnomasini taklif qildi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidentining yordamchisi Hikmet Hajiev ma`lum qildi.
“O`ylaymizki, bu ikki davlat o`rtasidagi qarama-qarshilik va dushmanlikni tugatish va Ozarbayjon Armanistonga taqdim etgan 5 tamoyilga asoslangan barqaror tinchlik o`rnatish uchun tarixiy imkoniyatdir”, deyiladi Hikmat Hajiev bayonotida.
Shuningdek, Ilhom Alievning yordamchisi Evropa Kengashi Ozarboyjonni tanqid qilganini qoraladi.
”Yillar davomida Gruziya, Moldova va Ukraina hududidagi separatistik tuzilmalarga bir xil, Ozarboyjonga esa boshqacha yondashuv mavjud.
Biz a`zo davlatlar, jumladan, Fransiyani Ozarboyjon hududidagi separatizmni qo`llab-quvvatlamaslik, mintaqamizda arman revanshizmi yoki geosiyosiy o`yinlarini rag`batlantirmaslik haqida doimiy ravishda ogohlantirib kelganmiz. Afsuski, bu haqiqat.
Biz adolat, bir-birimizning hududiy yaxlitligi va suverenitetini tan olish, barcha hududiy da`volarni to`xtatishga asoslangan yangi mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasini qurmoqchimiz”, deyiladi bayonotda.