AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani aytildi

'O`zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani aytildi'ning rasmi

Bugun va dam olish kunlari O`zbekiston hududi bo`ylab havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Havo haroratining asta-sekin ko`tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi harorat 15-18o gacha ko`tariladi, shanba kuniga kelib 17-20° gacha, yakshanba kuni esa 20-23° gacha isiydi. Harorat kechasi 5-10° iliq atrofida bo`ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,bugun kunduzi ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Poytaxtimizda: 24-26 noyabr kunlari havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 7-9° iliq, kunduzi 24 noyabrda 15-17° gacha, 25 noyabrda 16-18°, 26 noyabrda 19-21° atrofida bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar