AsosiyJamiyat

Soliq qo`mitasi to`lovchilar foydasiga qancha miqdoridagi qarorlarni bekor qilganini ochiqladi

'Soliq qo`mitasi to`lovchilar foydasiga qancha miqdoridagi qarorlarni bekor qilganini ochiqladi'ning rasmi

Soliq qo`mitasi tomonidan soliq to`lovchilar foydasiga qariyb 350 mldr. miqdorida qarorlar bekor qilindi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Undan: 
- soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvlari bo`yicha 121,4 mlrd so`m;
- kameral soliq tekshiruvlari bo`yicha 321,4 mlrd so`m miqdoridagi qarorlar. 

Shuningdek, 
2023 yil 1 noyabr holatiga Soliq qo`mitasiga jami 529,9 mlrd so`mlik 256 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan. 

Shundan:
- soliq auditi bo`yicha - 270 mlrd so`mlik 158 ta;
- sayyor soliq tekshiruvi bo`yicha - 259,9 mlrd so`mlik 93 ta; 
- boshqa holatlar bo`yicha - 5 ta.

Natijada:
- 121,4 mlrd so`mlik 23 ta murojaatda soliq to`lovchining pozisiyasi qanoatlantirilgan (shundan 49,9 mlrd so`mlik 15 tasi qisman); 
- 379,1 mlrd so`mlik 222 ta murojaat bo`yicha soliq xizmati organlari qarorlari o`z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan; 
- 29,4 mlrd so`mlik 11 ta murojaat bo`yicha o`rganish davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar