Olmazor tumanida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog`ida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, Olmazor tumanining: Qoraqamish 1/2, 1/3, 2/1, 2/4-mavzelari, «Paxta», «Tepa Guzar», «Sagbon», «Gulzor» MFYlari, Noras Tepa, Nozimaxonim 3-tor, Sagbon 1-tor, Sagbon 2-tor, Sagbon 12-tor, Sagbon 13-tor, Keles yoli, Orazboeva, Oltinsoy, Moyariq, Moyqorgon, G.Gafurov, Oxunboboev hamda Dadabaeva kochalari hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 110/35/10 kVA bo`lgan «Sag`bon» podstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulodda avariya holatida elektr ta`minotida uzilish sodir bo`ldi.
Ayni vaqtda, Olmazor tuman elektr ta`minoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.
Olmazor tumanidagi 110/35/10 bo`lgan «Sag`bon» podstansiyasidagi nosozlik tezkor brigada xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda. Tez orada mazkur nosozlik to`liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi etkazib berilishi to`liq tiklanadi.
"Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda.






