AsosiyJamiyat

5-sinf ona tili, adabiyot va o`zbek tili fanlari o`quv dasturi muhokama qilindi

'5-sinf ona tili, adabiyot va o`zbek tili fanlari o`quv dasturi muhokama qilindi'ning rasmi

Bugun Maktabgacha va maktab vazirligi tizimidagi Respublika ta`lim markazining “Filologiya fani bo`yicha Ilmiy metodik kengash”ining qo`shma yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda sohaga doir etakchi metodist olimlari va amaliyotchi o`qituvchilar ishtirok etdi hamda umumta`lim maktablarining Milliy o`quv dasturi asosida takomillashtirilgan 5-sinf ona tili, adabiyot va o`zbek tili fanlariga doir o`quv dasturlari muhokama etildi.

Kengash yig`ilishida ilmiy jamoatchilik vakillari tomonidan yangi o`quv dasturida ona tili, adabiyot va o`zbek tili fanlari ta`limi maqsad va vazifalari, mazmunini yanada takomillashtirish bo`yicha qator takliflar o`rtaga tashlandi.

    Boshqa yangiliklar