AsosiyJamiyat

Toshkentda “aqlli” bekatlar paydo bo`ladi

'Toshkentda “aqlli” bekatlar paydo bo`ladi'ning rasmi

Ma`lumki, Bobur va Furqat ko`chalarida yo`llarni joriy ta`mirlash, transport harakatini optimallashtirish, ITTni joriy etish ishlari boshlandi.

Ishlar doirasida sinov tariqasida “aqlli” bekatlar tashkil etilishi ko`zda tutilgan bo`lib, ularda jamoat transporti yo`lovchilari va boshqalar o`z mobil qurilmalarini quvvatlantirishi, Wi-Fi  tarmog`idan foydalanishi hamda elektron tabloda kutilayotgan avtobus kelishiga qancha vaqt qolganligini ko`rishlari mumkin bo`ladi. Shuningdek, bekat videokuzatuv tizimi bilan ham jihozlanib, yanada kengroq bo`ladi.

 Bundan tashqari, Muqimiy nomidagi teatr oldida avtomobillar uchun pullik to`xtash joylari va elektr transport vositalarini quvvatlantirish joylari sinov tariqasida tashkil qilinadi. Shuningdek, velosiped va samokat foydalanuvchilari ham turargohdan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lishadi, lekin bepul asosda. Bu mazkur manzilda yo`l bo`yida to`xtash joylari bilan bog`liq vaziyatni yaxshilashi va kikshering foydalanuvchilari uchun qo`shimcha qulaylik bo`lishi kutilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar