AsosiyDunyo

Isroil gazo shimoliga qaytishga uringan falastinliklarga o`t ochdi

'Isroil gazo shimoliga qaytishga uringan falastinliklarga o`t ochdi'ning rasmi

Isroil va Hamas o`rtasida juma kuni boshlangan sulhning birinchi kunida Isroil askarlari ikki falastinlikni o`ldirib, 11 nafarini yaraladi. Bu haqda Kazinform agentligi xabar berdi.

Hodisa avvalroq G`azo sektorining janubiga evakuasiya qilingan falastinliklar Isroil armiyasining o`z joyida qolish va jang maydoniga yaqinlashmaslik haqidagi ogohlantirishlariga qaramay, uylari va mol-mulkini tekshirish uchun anklav shimoliga qaytishga harakat qilganda sodir bo`lgan.

Ta`kidlanishicha, juma kuni ertalab Isroil Mudofaa kuchlari G`azo ustidan varaqalar tashlab, aholini bu hududning shimolidagi uylariga qaytmasliklari haqida ogohlantirgan, chunki bu hudud hali ham urush zonasi hisoblanadi.

O`gohlantishlarga qaramay, juma kuni ertalab Isroil va HAMAS o`rtasida to`rt kunlik sulh kuchga kirganidan so`ng, yuzlab falastinliklar G`azo sektori shimoliga borishga uringan. Guvohlarning xabar berishicha, Isroil askarlari shimolga yo`l olishga urinayotgan odamlarga qarata o`t ochgan.

Yaradorlar va halok bo`lganlarning jasadlari G`azo sektorining janubiy yarmidagi Dayr al-Bala shahridagi Al-Aqsa shahidlari kasalxonasiga etkazilgan. Bir kishi halok bo`lgan.

 

    Boshqa yangiliklar