Payshanba kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan hukumat yig`ilishidagi chiqishi vaqtida chiroqlar bir necha soniya o`chdi.
O`chirilganligi sababli hukumat rahbarining nutqi ma`lum muddatga to`xtatildi.
Bundan g`azablangan bosh vazir o`z nutqini mobil telefoni yorug`ida davom ettirgan.
Pashinyan bugun bu masalani Bosh vazir devoni direktori bilan muhokama qilganini ta`kidladi.
“Biz doimiy ravishda elektr ta`minoti sifatini oshirish haqida gapiramiz, lekin muammo hal etilmayapti. O`n yil davomida bir xil ko`rsatma berish mumkinmi?”. – dedi hukumat rahbari.
Armaniston bosh vazirining so`zlariga ko`ra, mamlakatda elektr quvvati sifasiz, hatto hukumat binosida ham chiroqlar doimo miltillaydi.