Farg`onada 2023 yil avgustda turmush qurgan kelin va kuyov kelishmovchilik sababli birga yashashmaydi. Bu vaqtda seplarini qaytarishga uringan kelin kuyovdan ularni qaytarib ololmaydi.
2023 yil 19 oktyabrda Farg`ona tumanlararo sudi tomonidan kelinga mol-mulklarni qaytarib berish to`g`risida qaror chiqarilib, hujjat MIB shahar bo`limiga undirib berish uchun yuborilgan.
Ijro hujjatiga asosan undiruvchi M.Z. foydasiga qarzdor A.A.dan jami 34 turdagi 10.920.000 so`mlik mulklar olib berilishi ko`rsatilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 2023 yil 20 noyabr kuni undiruvchi M.Z.ga qarzdor A.A.dan barcha mulklar to`liq olib berilgan.






