AsosiyJamiyat

⚡️Shahrisabzda 14 yoshli qiz 7 oydan buyon turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelingani ma`lum bo`ldi

'⚡️Shahrisabzda 14 yoshli qiz 7 oydan buyon  turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelingani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Qashqadaryoda voyaga etmagan qiz jinsiy zo`rlanib kelingani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 24 noyabr kuni Bolalar ombudsmaniga Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi voyaga etmagan Ch.T. ning murojaati kelib tushdi. Unga ko`ra, 2009 yilda tug`ilgan bu qizaloqni 2023 yilning may oyidan 15 noyabr kuniga qadar Shaxrisabz tumani, Xo`jabog` qishlog`ida yashovchi fuqaro N.A. o`zining uyida 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zo`rlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni zudlik bilan o`rganish va voyaga etmagan Ch.T ga nisbatan jinoiy harakatlar sodir etgan shaxslarga qonuniy chora ko`rish to`g`risida Bosh prokuraturaga murojaat qildi.

Viloyat prokuraturasi shu kunni o`zida hodisani o`rgandi. Kitob tumani prokurori tomonidan fuqaro N.A ga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan (Odam savdosi, voyaga etmagan shaxsga nisbatan) jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov guruhi tuzildi va tezkor ravishda tergov harakatlariga kirishildi.

“Bolalarga nisbatan bunday mudhish jinoyatni sodir etgan har qanday shaxs qonun oldida javob berishi shart.

Jinoyat ishi Bosh prokuratura va Bolalar ombudsmanining alohida nazoratida. Bu og`ir jinoyatning qurboni bo`lgan bolaning manfaatlari to`liq ravishda ta`minlanadi.

Hodisa yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi”, - deyiladi rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar