AsosiyJamiyat

O`zbekistonda haq evaziga o`zgalarning IMEI kodlarini ko`chirib berish holati ko`paydi. Senat javobgarlik belgilamoqda

'O`zbekistonda haq evaziga o`zgalarning IMEI kodlarini ko`chirib berish holati ko`paydi. Senat javobgarlik belgilamoqda'ning rasmi

Senatning qirq ettinchi yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, xorijdan olib kelinayotgan yoki bloklangan uyali aloqa qurilmalariga ma`lum bir haq evaziga o`zgalarning IMEI kodlarini ko`chirib berish holatlari ko`payib bormoqda.

Hozirda birgina IMEI kodida 5 011 ta, yana boshqa bir IMEI kodida esa 2 347 ta SIM-kartalar bir vaqtda faol holatdaligi aniqlangan.

Qonunchilikda bunday harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan biron-bir huquqiy ta`sir chorasini qo`llash belgilanmagan.

Shu sababli qonunchilikdagi mazkur bo`shliqlarni bartaraf etish maqsadida Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga mobil qurilmaning xalqaro o`ziga xos identifikasiya kodini yoki abonent qurilmasining identifikasiyalash modulini qonunga xilof ravishda o`zgartirganlik uchun ma`muriy javobgarlik kiritilmoqda.

    Boshqa yangiliklar