AsosiyJamiyat

Samarqand, Farg`ona viloyatlari va Qoraqalpog`istonda noqonuniy er sotayotganlar qo`lga olindi (video)

'Samarqand, Farg`ona viloyatlari va Qoraqalpog`istonda noqonuniy er sotayotganlar qo`lga olindi (video)'ning rasmi

DXX matbuot xizmatining xabar qilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Departament hamda ichki ishlar hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda To`rtko`l tumanida yashovchi, 1975 y.t., muqaddam sudlanganshaxs fuqaroga 
30 yil muddatga dehqonchilik qilish maqsadidaajratilgan To`rtko`l tumanidagi 1,8 gektar er maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 350 mln. so`m olgan vaqtida ushlandi.

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Oqdaryo tumanida yashovchi, 1984 y.t., tumandagi o`zi faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo`jaliklaridan biriga tegishli 20 sotix er maydonini 40 ming AQSh dollari evaziga sotishga kelishib, mazkur pul mablag`ini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo`yichaboshqarmasi xodimlari tomonidan Departamentning hududiy bo`limi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidanIqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishDepartamenti va tuman ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda faol tadbir o`tkazildi.

Unda Farg`ona tumani yashovchi, 1967 y.t. fuqaro mazkur tumanda joylashgan, tuman hokimligi zaxirasidagi er maydonidan 1 gektarini xaridorga 28 ming AQSh dollariga sotishni hamda ushbu ermaydonini mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va`da qilgan.

Natijada, u mazkur er maydoni uchun pul mablag`ini olgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar