Toshkentda "Yutong" rusumli elektrobus va "King Long" rusumli avtobus ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.
Holat yuzasidan Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Ma`lumbo`lishicha, bugun, 25 noyabr kuni soat 13:10 larda, Yunusobod tumani, A.Temur ko`chasi "Metro Shaxriston" bekatida, 8-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Yutong" rusumli, davlat raqami 01|184 NKA bo`lgan, 51-sonli yo`nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.J boshqaruvidagi elektrobus hamda "4-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "King Long" rusumli, davlat raqami 01|398 MKA bo`lgan, 2M-sonli haydovchi R.A boshqaruvidagi avtobus bilan yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Dastabki ma`lumotga ko`ra, avtobus yo`lovchilari orasida ushbu yo`l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganligi haqida shifoxonaga murojaat qilganlar yo`q. "Yutong" rusumli elektrobus va "King Long" rusumli avtobus texnik shikastlangan.
Shuningdek, “Toshshahartransxizmat”AJ rahbariyati hamda “Idoralararo tezkor shtab" ishchi guruhi mas`ul xodimlari hodisa sodir bo`lgan joyga chiqib, yo`l-transport hodisasining kelib chiqish sabablari o`rganilgan hamda yo`l-transport hodisasi bo`yicha boshqaruv raisi o`rinbosari boshchiligida hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Hozirda ushbu yo`l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






