AsosiyJamiyat

Toshkentda "inomarka"lar jarima maydonidan joy olmoqda

'Toshkentda "inomarka"lar jarima maydonidan joy olmoqda'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar va tuman bo`limlari soliq va bank idoralari, YHXB hamda boshqa tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda tuzilgan ishchi guruh tomonidan davlat foydasiga qarzdorliklarning undirilishi yuzasidan tadbir o`tkazmoqda.

Qayd etilishicha, tadbirlarda to`lov qobiliyatiga ega bo`lsada, soliq yoki bank va boshqa to`lovlarni o`z vaqtida qasddan to`lamasdan kelayotgan qarzdorlar mavjudligi aniqlangan.

Jumladan, Byuroning Yakkasaroy tuman bo`limi tomonidan qarzdor S.A. Med Holding korxonasining soliqdan 1 mlrd. 800 ming so`m qarzdorligi yuzasidan "Chevrolet Traverse" rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Shuningdek, Byuroning Sergeli tuman bo`limi tomonidan Eko Story Beton korxonasining soliqdan 63 mln.so`m qarzdorligi evaziga "Toyota Nighlander" avtotransporti xatlanib, ushbu transport vositasi ham jarima maydonchasiga yo`l oldi.

Bundan tashqari, nafaqat soliq qarzdorligiga ega, balki yo`l harakati qoidalariga ham amal qilmasdan, bir necha bor qoidalarni buzgan holda jarimalarni to`lashni unutib yurgan va "inomarka" transport vositalariga ega qarzdorlar ham o`z ulovlarini jarima maydoniga kuzatib qolmoqdalar.

Jumladan, Byuroning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tuman DSI qaroriga asosan qarzdor S.V.dan 5.000.000 so`m soliq qarzdorligi hamda Toshkent shahar IIBB YHXB qarorlariga asosan davlat foydasiga 32 ta jarima, ya`ni 21.750.000 so`mlik ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorga tegishli "Nissan" rusumli avtotransport vositasi xatlanishi ta`minlangan.

Ushbu tadbirlar hozirda davom ettirilmoqda, jarima maydonchalari esa inomarka avtotransport vositalariga to`lib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar