Nyu-York meri Erik Adams 30 yil avval sodir etilgan jinsiy tajovuzda ayblanmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Jabrlanuvchi ayol 2022 yilda qabul qilingan qonun bo`yicha sudga hujjat topshirgan.
Bu qonun jinsiy jinoyatlar holatlarida da`vo muddatini e`tiborsiz qoldirishga imkon beradi.
Da`vogarning ta`kidlashicha, u 1993 yilda Nyu-Yorkda ishlayotganida Erik Adams tomonidan tahqirlangan.
Ayol sud majlisi o`tkazilishini va 5 million dollar miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Adamsning advokati mer ayol bilan uchrashganini eslay olmasligini, lekin har qanday holatda ham boshqa odamga jismoniy zarar etkazishi mumkin bo`lgan ish qilmaganini aytmoqda.